Moskvada KXShT sammiti boʼlib oʼtadi

16-may kuni Moskvada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 30 yilligi va KXShT tashkil etilganining 20 yilligiga bagʼishlangan KXShTga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi boʼlib oʼtadi.

“16-may kuni Moskvada Kremlda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining uchrashuvi boʼlib oʼtadi, unda Аrmaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Prezidenti Аleksandr Lukashenko, Qozogʼiston Prezidenti Qasim- Jomart Toqaev, Qirgʼiziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etadi”, deyiladi KXShT matbuot xizmatining rasmiy bayonotida.

Yigʼilish Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 30 yilligi va KXShT tashkil etilganining 20 yilligiga bagʼishlanadi. Tadbirda KXShT Bosh kotibi Stanislav Zas ham ishtirok etadi.

Kutilganidek, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi aʼzolari tashkilot masʼuliyati sohasidagi vaziyatni, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladi va KXShT yubileyiga bagʼishlangan Bayonotni qabul qiladi.

2022-yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga Аrmaniston Respublikasi raislik qiladi.