Muzey san'atining yorqin istiqbollari

30-oktabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi hamkorligida “O‘zbekiston-Rossiya muzeyi Road-shousi” tashkil etildi.
Muzey Road-shou dasturi muzeyning "TARIX LABRINTI", "SERGEY EYZENSHTEYN OFISI", "VERTIKAL", "YUBILEY LOYIHASI” kabi yorqin ekspozitsiyalaridan tashkil topgan kino muzeyining multimedia ko'rgazmasining ochilishi bilan boshlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentliklari, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi vakillari, Rossiya Federatsiyasining Tretyakov davlat galereyasi, Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi, Davlat markaziy kino muzeyi, Rus etnografiya muzeyi, Sharq davlat muzeyi, “Proxorovskoye pole” muzey-qo'riqxonasi, G'alaba muzeyi, Leningrad mudofaasi va qamalining davlat memorial muzeyi, Rossiya davlat muzeyi vakillari hamda Oʻzbekiston davlat muzeylari va galereyalari rahbarlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Rossiya Madaniyat vazirligining Muzeylar va xorijiy aloqalar departamenti direktori oʻrinbosari Natalya Chechel tadbirda Rossiya Federatsiyasining yirik muzeylari rahbarlari ishtirok etgani va ular muzeylarda eng soʻnggi texnologiyalar va usullarni namoyish etib, O‘zbekiston muzeylari bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qilish niyatini bildirdi.
Tadbir yakunida tomonlar muzeylar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha maxsus “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga va Rossiya va O‘zbekistonda ikki yillik “Muzeylararo konferensiya” loyihasini amalga oshirishga kelishib oldilar. Mazkur loyiha doirasida muzey jamoatchiligi vakillari ikki mamlakat muzeylari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir muammo va vazifalarni muhokama qilishlari, eksponatlarni saqlash, eng so‘nggi texnologiyalarni qo’llash va ularni raqamlashtirish bo‘yicha tajriba va uslubiy ishlanmalar almashishlari mumkin bo‘ladi.






