Olis o'tmish, kuchli kelajak shiori ostidagi media-forum boshlandi

Avval xabar berganimizdek bugun 22-oktabr kuni Istanbulda Turkiy kengashga a'zo mamlakatlar vakillari ishtirokida media-forum o'z ishini boshladi.
Forumning ochilish qismida Turkiy kengash Bosh kotibi Bog'dod Amreyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi aloqa bo'limi boshlig'i Fahrettin Altun, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Hikmat Xojiyev, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'on videomurojaatda so'zga chiqib ushbu tadbirning katta ahamiyatga egaligini ta'kidlashdi.
Forum davomida, "Umumiy madaniy kelajak: turk dunyosida teleseriallar va kinosanoati" mavzusida tadbir, shuningdek, Turkiy dunyo mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan maxsus Olis oʼtmish, kuchli kelajak nomli sessiya o'tkazildi.
Media-forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, umumiy fikr va turk dunyosining tafakkuri doirasida kelajakni yaratish uchun umumiy istak va irodani ko'rsatishdir, Birlik va birdamlik tufayli muammolar bilan samarali kurashish, OAV orqali turkiy dunyoda hamkorlikni rivojlantirish, O'zaro ishonchni mustahkamlash va birlikning fikrini yoshlarga singdirish.
Shu nuqtai nazardan, "Turkiy olamning kelajagi: Turkiy dunyoning yangi Ulug'beklari, Alisher Navoiylari, Ahmad Yasaviylari" mavzusida seminar ham tashkil etildi.






