Oʻtgan yili Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5 foizga oʻsdi – Laziz Kudratov

O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o'rin oldi. Shuningdek, tashrif doirasida O'zbekiston-Singapur biznes forumi bo'lib o'tdi.
"Ishonchim komilki, boʻlajak oliy darajadagi tashrif hamkorligimiz tarixida yangi sahifani ochib beradi. Biz ushbu oliy darajadagi tadbir imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, uning kun taritibini istiqbolli va yuqori samarali kelishuv hamda bitimlar bilan boyitishga bel bog‘laganmiz. Biz bu maqsadga erishish uchun singapurlik do‘stlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz.
Mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhit yaratishga qaratilgan islohotlar natijasida oʻtgan yili Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5 foizga oʻsdi. Joriy yilda iqtisodiyotimiz o‘sishda davom etadi va 5 foizdan oshadi. Biz o‘z oldimizga yalpi ichki mahsulotimizni 2030-yilgacha ikki barobar oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
Islohotlarning amalga oshirilishi natijasida yaqin 10 yil ichida yalpi ichki mahsulot ikki marotaba – 160 milliard dollargacha, yillik eksport hajmi esa ikki barobarga oshib, 30 milliard dollarga yetadi. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham 80 foizni tashkil etadi.
Biz o‘z oldimizga 2030-yilga borib mamlakatimizni dunyoning o‘rtacha daromadga ega davlatlaridan biriga aylantirishni aniq maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu maqsadlarga erishish uchun bizda xohish - iroda ham, imkoniyat ham yetarli”,- deya qayd etdi biznes forumdagi nutqida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov.






