O'zbekiston elchixonasi Bokuda o'zbek taomlari haftaligi g'oliblarini taqdirladi

Bokuda O'zbekiston Respublikasi elchixonasi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligiga bag'ishlanib tashkil etilgan o'zbek taomlari haftaligi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli festival Facebook ijtimoiy tarmog'ida onlayn formatda o'tkazildi. Ishtirokchilar milliy o'zbek taomlaridan birini tayyorlashlari va tanlov sahifasida foto va videolarni chop etishlari kerak edi.
Tanlovda 60 dan ortiq kishi ishtirok etdi, jami o'zbek taomlari, o'zbek xalqining urf-odatlari haqida 600 ga yaqin postlar nashr etildi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan osh, somsa, chalop, lag'mon, sho'rva, xolvaytar, manti, gul-xonim kabi taomlar haqida postlar chop etildi.
25 nafar eng faol ishtirokchilar tanlov yakunlarini sarhisob qilish marosimiga taklif etildi. "Facebook" da ko'plab fotosuratlar va o'zbek taomlarini joylashtirgan uchta o'zbek oshpazlari guruhi g'olib bo'ldi. Taqdirlash marosimida O'zbekiston elchixonasiga taklif etilgan ishtirokchilarning postlari namoyish etildi. Eng yaxshi taomlar mualliflari deb 2 ishtirokchi tan olindi. Tanlov g'oliblari va 5 nafar faol ishtirokchiga homiylarning eksklyuziv sovg'alari topshirildi.
Eslatib o'tamiz, tadbir "Turizm va milliy oshxonani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash" nodavlat tashkiloti rahbari bilan hamkorlikda o'tkazildi.






