O'zbekiston internet narxi arzonligi bo'yicha dunyoda 21-o'rinni egalladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida aholiga zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatishda bir qator ishlar olib borilmoqda.

Ushbu aksiya ijtimoiy obyektlarni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda. Xususan, umumta'lim maktablarida, maktabgacha ta'lim muassasalarida, shuningdek sog'liqni saqlash muassasalarida 18 791 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi.

Shuningdek, Internet xizmatlari narxlarini arzonlashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston bu yil dunyoning 230-mamlakat orasida internet narxi arzonligi bo'yicha 21-o'rinni egalladi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili mamlakat 54-o'rinni egallagan edi.