O'zbekistonda 15 yoshga to‘lmagan shaxslar ham qonuniy ishlashi mumkin bo'ladi

Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra, o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan ham qonuniy mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yilishi belgilandi. Bolalar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ish, kasb va lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Unga muvofiq, madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye-radioda va boshqa OAVlarda, ota-ona roziligi bilan asarlarni yaratish hamda ijro etishda ishtirok etish uchun 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuziladi.

Bundan tashqari, 15 yoshga to‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ish, kasb va lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.