Oʼzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʼrinbosari L.Kudratov Yevropa Parlamentining tashqi ishlar boʼyicha qoʼmitasi raisi D.Makallister bilan muzokaralar oʼtkazdi.
Uchrashuv chogʼida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarning bugungi holati muhokama qilindi.
Xususan, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʼgʼrisidagi bitimni (KShHTB) imzolashni jadallashtirish, Oʼzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) qoʼshilishi va Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.
Shu bilan birga, Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishi boʼyicha Ishchi guruhining 5-yigʼilishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.






