O‘q otish bo‘yicha jahon chempionati Ozarbayjonga ko‘chirildi

O‘q otish bo‘yicha 2023-yilgi jahon chempionati Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq ushbu musobaqa Rossiyada 2023-yilning 14-31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xalqaro sport o‘q otish federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi (ISSF) qarori bilan turnir Ozarbayjonga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 7-mart kuni ISSF Ijroiya qo‘mitasi Ukrainadagi vaziyat tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarni keyingi ogohlantirishgacha xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirgan edi. Rossiya, shuningdek, 2022-yilning avgust va sentabr oylarida o‘q otish bo’yicha Yevropa chempionatini o‘tkazish huquqidan ham mahrum bo‘lgan.