O‘zbekistonda sertifikatlovchi «Agro-oziq-ovqat texnologiyalari markazlari»ni yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Ummonning Atyab Foodtech kompaniyasi bosh menejeri Moxib Axmad Xon bilan qiymati 4 mln dollar bo‘lgan investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Aynan esa mamlakatimizda barpo etilayotgan Agrar sohada bilimlar va innovatsiyalar milliy AKIS markazi respublika tarmog‘i negizida «Agro-oziq-ovqat texnologiyalari markazlari»ni yaratish masalasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Loyiha 2020 yil 3 noyabr kuni vazirlik va Ummoning mazkur kompaniyasi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

«Agro-oziq-ovqat texnologiyalari markazlari»ning vazifalari qatoriga qishloq xo‘jaligiga oid oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va import qilishda sifat va xavfsizlik standartlariga amal qilinishi borasida O‘zbekistonda zamonaviy uskunalar yordamida laboratoriya tadqiqotlarini amalga oshirish kabilar kiradi.

Markazlar negizida AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Turkiya, Hindiston, shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan tajribali mutaxassislar jamoasi tomonidan treninglar o‘tkazilishi, shuningdek agrosanoat majmui va oziq-ovqat sanoati sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqishda fermerlarga ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.