«Piramit» savdo ofisida qurilish maydonchasiga press-tur tashkil etildi

Bugun, 29-oktabr kuni “Piramit” savdo ofisida qurilish maydonchasiga press-tur va ochiq eshiklar kuni o’tkazildi. Tadbir “Piramit” majmuasi qurilishining birinchi 1 yilligiga bag’ishlandi. Tadbir davomida “Koç Construction” rahbariyati “Piramit” majmuasining qurilish jarayoni haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.
Ta’kidlash joizki, shu kuni ya’ni 29-oktabr, Turkiyada respublika tashkil etilganligining 99 yilligi nishonlanishi ramziy ma’noga egadir. “Piramit” majmuasida mavjud bo’lgan zamonaviy yechimlar, ilg’or texnologiyalar, tajriba va bilimlarning namoyishi turk biznesining barcha kuchi shuningdek sifatini aks ettiradi.
O’tmishdan ilhomlangan holda “Koç Construction” kompaniyasi kelajak loyihasini – “Piramit Tower”ni yaratdi. Loyiha, qadimgi Misrning yangi hayotining ramzi bo’lgan Misr piramidalarining me’moriy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
“Piramit” majmuasi Toshkent shahrining Markaziy tumanida, poytaxt xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan bo’lib, zamonaviy O’zbekistonning tashrif qog’ozlari va ramzlaridan biri bo’lishga mo’ljallangan. Piramit — bu qulay va hashamatli hayot uchun barcha sharoitlarni o’z ichida mujassam etgan zamonaviy ko’p funksiyali majmua bo’lib, uning umumiy qurilish maydoni 160 000 m kvadratni tashkil etadi.
“Bizning loyiha 2021-yilning 1-noyabrda boshlangan va bugungi kunda majmua loyihasini amalga oshirish davom etmoqda. 400 kishidan iborat qurilish guruhlari 24/7 ishlaydi, ya’ni ish jarayoni uzluksiz davom etadi. Majmuani yaratishda yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning zamonaviy yuqori texnologiyali qurilish materiallari qo’llaniladi. Bundan tashqari, gidravlik qoliplash tizimining ilg’or texnologiyalari har oy besh qavatdan qurish imkonini beradi. Binoning barcha temir-beton ustunlari va devorlarida, sanoat qoliplarining eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalanilgan. Ushbu ish rejasiga ko’ra, minoraning temir-beton ishlari 2023-yilning sentabr oyida amalga oshiriladi. Bino bo’ylab 95 000 m kub beton, 12 500 tonna armaturadan shuningdek, kompozit tizimni tashkil etadigan 1000 tonna po’latdan foydalanish rejalashtirilgan. “Piramit Tower” bo’yicha barcha qurilish ishlarini yakunlash va uni ishga tushirish 2024-yilning mart oyiga, “Piramit Mall” savdo markazi esa 2025-yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan” – deya qayd etdi qurilish bo’yicha Bosh direktor o’rinbosari Mustafo Tunch Aridjan.






