Prezident nogironligi boʼlgan ehtiyojmand aholini qoʼllab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirilishini taʼkidladi

1-iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi boʼlgan shaxslar, yolgʼiz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming soʼm miqdorida ustama tayinlanadi.
Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million soʼmdan kompensatsiya toʼlash tartibini joriy etiladi.
Bunga qoʼshimcha ravishda, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy byudjetlar, “daftarlar” jamgʼarmalari va “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.
Prezident nogironligi boʼlgan ehtiyojmand aholini qoʼllab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirilishini taʼkidladi. Jumladan:
1-maydan boshlab nogironligi boʼlgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga 6 oy davomida har bir bunday xodimi uchun 400 ming soʼmdan subsidiya beriladi;
oʼzini oʼzi band qilgan va hunarmandchilik bilan shugʼullanadigan nogironligi boʼlgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi, ular kasb-hunarlarga davlat hisobidan oʼqitiladi.






