Ozgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O'zgidromet 2023-yil 24-26-fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Shuningdek, joriy yil 21-28-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.






