Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqandga yetib keldi.
Oliy darajali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Manbaalarda qayd etilishicha, Turkiy Kengashga (hozirgi kunda TDT) asos solinishidan avval, 1992-yilda Qozog’istonning shu vaqtdagi poytaxti Olmaotada “Birlashgan turkiylar tili va san’ati ma’muriyati” tashkil etilgan.
Qozog’iston 2009-yil 3-oktabrda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (o’sha vaqtdagi nomi Turkiy Kengash) a’zo bo’lgan va shu vaqtga qadar qator tashabbus va istiqbolli takliflarni ilgari surgan.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston jadal hamkorlik olib borayotgan mamlakatlar ro’yxatida Qozog‘iston ham yuqori pog’onalarni band etgan.
Bundan tashqari joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkentda o’tkazilgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Transport Vazirlarining 6-yigʼilishida Qozog’istonnig Kurik va Аktau portlari hamda “O’ztemiryo’lkonteyner” o’rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolangan edi.
Shuningdek, eslatib o’tamiz, joriy yilning 27-oktabr kuni Qozog’iston poytaxti Ostona shahri birinchi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga mezbonlik qilgan edi. Sammit doirasida uchrashuv o’tkazgan O’zbekiston va Qozog’iston yetakchilari ikki mamlaktlar o’rtasida ko’p qirrali hamkorlik aloqalarining borishi haqida o’zaro muzokaralar olib borgan edilar.






