Rasman Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2022 yil muborak Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 2 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan qabul qilingan qaror inobatga olingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda, 2022 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 2 may, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Bundan kelib chiqadiki, Ramazon hayiti munosabati bilan ushbu kunlarda dam olinadi:
1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni (barcha uchun);
2 may, dushanba – Ramazon hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
3 may, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun).






