Ro‘zaning salomatlik uchun qanday foydasi bor?

Shifokorlarning ro'za tutishning foydasi haqida so'zlab o'tdilar va qator tavsiyalar berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ro‘za tuting – salomat bo‘lasiz”, deganlar.
Tadqiqotlarga ko‘ra, organizmni turli ortiqcha shlaklar va toksinlardan tozalash uchun 3 yoki 4 hafta ochlikning o‘zi kifoya qilar ekan.
Ro‘za tutgan insonda xolesterin miqdori kamayadi. Bu esa yurak ishemik kasalligi ehtimolini keskin kamaytiradi.
Ro‘za qondagi qand miqdorini hamda oshqozonda oshqozon shirasi miqdorini normallashtirar ekan. Bu esa qandli diabet hamda yara kasalligining oldini oladi.
Ro‘za tutish inson immuniteti va limfa tizimi faoliyatini 10 barobar kuchaytirar ekan. Bu virusli va bakteriyali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi.
Ro‘za oshqozon yarasi profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Siz 30 kun ro‘za tuting va ushbu kasallikka chalinish xavfidan ozod bo‘lasiz.
Ro‘za tanadagi zaharni dorilardan ko‘ra tezroq chiqarib tashlar ekan.






