"Samarqand" aeroporti bir oyga yopilmoqda

20-oktabrdan 20-noyabrgacha "Samarqand" xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan parvozlarni vaqtincha toʻxtatadi.

Barcha qatnovlar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari - "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi"ga yoʻnaltiriladi, bu yerdan yoʻlovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda uzunligi 3105 metr, kengligi 60 metr boʻlgan yangi uchish -qoʻnish yoʻlagining qurilish ishlari toʻliq yakunlandi. Bir oy ichida burilish yoʻllarini yangi uchish - qoʻnish yoʻlagi va perron bilan bogʻlash boʻyicha ishlar olib borilishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda ShHT sammitiga tayyorgarlik koʻrish ishlari doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.