SHHT sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimoti o’tkazildi

Sammitga bag‘ishlangan yangi markada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarining bayroqlari, sammit logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi aks etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda tegishli soha xodimlari, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va boshqalar SHHTning Samarqand sammiti, uning doirasida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

“Pochta markasining orqa fonida Sharq durdonalaridan biri sifatida tan olingan, Samarqand shahrining ramziga aylangan Registon maydoni tasviri aks etgan”, – deydi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekiston markasi” filiali direktori Sanjar Nizomov.

SHHTning Samarqand sammiti doirasidagi tadbir va uchrashuvlar davom etmoqda.