Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin, janob Prezident!

Bu yurt nelarni boshdan kechirmadi, kimlar unga ko‘z olaytirmadi. Ammo vatanning asl farzandlari uni hamisha ko‘z qorachig‘idek asrab-avayladi, ardoqladi. Shukrki anashu asl farzandlar nomi asrlar osha avlodlarga ibrat va namuna bo‘lib yetib kelmoqda.

Aziz yurtboshim! Bugun sizni ana shundan asl fidoyi farzandlar qatoriga qo‘shishga har jihatdan ma’nan haqlimiz. Xalqimiz orzu qilgan manzillar sari yurt karvonini boshlab borayotganingiz va nurli manzillar tobora yaqinlashayotgani bu buyuk elning sizga ishonchi va muhabbatining ortishiga sabab bo‘lyapti. Ayni damdagi tahlikali va global muammolar girdobida qolgan dunyoga keng quloch yozib, yurtni taraqqiyot cho‘qqilari sari yetaklayotganingiz sizni qanday mohir yo‘lboshchi ekanligingizni bugun namoyon etib ulgurdi.

Bugun siz qutlug‘ va muborak yoshni qarshilab, xalqqa otalik qilish mas’uliyatini zimmangizga oldingiz. Bunday sharafli va o‘ta mas’uliyatli vazifani to‘laqonli bajarib, el-yurtni nurli manzil sari eltishingizda Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, iymon xotirjamligini tilaymiz. Hamisha xalqimiz baxti va yurtimiz kelagi yo‘lida olib borayotgan islohotlaringizga buyuk Yaratuvchining o‘zi madadkor bo‘lsin.

Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.

Sizga chuqur ehtirom bilan "Bright Uzbekistan" jamoasi