To'qimachilik sanoatidagi katta o'zgarishlar

12 avgust kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Vaxabov ishtirokida bo‘lib o‘tgan Matbuot anjumanida to‘qimachilik sanoatida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat rivojiga hissasi tahlil etildi.
Bugungi kunda Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, D.Vaxabov o‘z so‘zida so‘ngi 5 yillikning asosiy inqilobiy burilishi sifatida to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratilishi, Davlat tomonidan paxta yetishtirishda “goszakaz”dan voz kechilishi va uni yetishtirishda fermerlar bilan shartnoma asosida ish tashkil etishi, va buning natijasida qishloq xo‘jaligida tubdan o‘zgarishlar bo‘lganini alohsida ta’kidladi.






