Toshkent viloyatida yangi teleradiokanal ochilishi mumkin

O'zLiDeP dan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davomida Toshkent viloyat telekanalini ochish taklifini bildirdi.

— Bugungi axborot va yangiliklarga talab tobora kuchayib borayotgan bir paytda Toshkent viloyatining ham oʻz teleradiokanalini tashkil etish vaqti keldi.

Nimaga boshqa viloyatlarda telekanal borku, viloyatda boʻlmasligi kerak. Eng zamonaviy telekanal ochiladi — degan nomzod.