Turkiy Kengash Bosh kotibining «Turkiyaning milliy mustaqillik va bolalar bayrami» kuniga bag'ishlangan tabrigi

“Bugun biz Turkiya Respublikasining Milliy kunini, ya'ni Turkiyaning Milliy mustaqillik va bolalar kunini xursandchilik bilan nishonlamoqdamiz. Turk xalqining milliy irodasini ifodalovchi Buyuk Milliy Majlis 101 yil oldin ushbu kunda tashkil etilgan va mamlakat asoschisi, o’z asrining buyuk davlat arbobi G'oziy Mustafo Kamol Otaturk ushbu muhim kunni kelajakning yagona egalari bo’lgan bolalarga bag'ishlagan va taqdim etgan. Turkiya Buyuk Milliy Majlisi qonun ustuvorligi, asosiy huquq va erkinliklarning himoyachisi sifatida Turkiya davlatining eng muhim institutlaridan biridir. Shu munosabat bilan men Hukumatni va birodar turk xalqini chin yurakdan tabriklayman hamda Turkiya Respublikasiga abadiy gullab-yashnashini tilab qolaman”- Bag'dod Amriyev.

1920 yil 23 aprelda Turkiyaning Mustaqillik urushi vaqtida Anqara shahridagi Buyuk Milliy Majlis yig'ilishida Mustafo Kamol Otaturk nutq so'zlab, butun dunyo bolalari insoniyat kelajagi ekanligini e'lon qildi. O'shandan beri 23 aprel Turkiya mustaqilligiga va butun dunyo bolalariga bag'ishlangan turk milliy bayrami sanaladi.