Uch oyda banklar orqali 700,3 trln so‘m naqd pul aylangan

2023 yilning yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 173,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga oshdi.

Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga o‘sib, 87,8 trln so‘mni tashkil qildi.

2023 yilning I choragida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 23 foizga ko‘paydi va 86,1 trln so‘mni tashkil etdi.

2023 yil yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari (naqd pul va terminal tushumlari) 140,8 trln so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 37 foizga oshdi.

Jumladan, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2022 yil I choragidagi 31,2 foizdan 2023 yilning mos davrida 37,6 foizga o‘sishi kuzatildi.