Xalqaro valyuta jamg‘armasi global inflatsiya sekinlashishini prognoz qilmoqda

"Agar bizning hisob-kitobimiz to‘g‘ri chiqsa, joriy va kelasi yilda inflatsiya global miqyosda sekinlashadi", - deya qayd etgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruv direktorining birinchi o‘rinbosari Gita Gopinat Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi nutqi davomida.

Ammo, uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi vaqtlarda ko‘plab kutmagan voqealar yuz berdi. Quvonarlisi, inflatsiya o‘zining xavfsiz darajasiga qaytmoqda.

Avvalroq XVJning taqsimlovchi direktori Kristalina Georgiyeva mamlakatlarning vaziyatga moslashishi va yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘ya olishiga ishonch bildirgan edi. Agar global miqyosda savdo hajmini kengaytirish uchun choralar ko‘rilmasa, yo‘qotish qiymati jahon YAIMining 7 foizini tashkil etishi mumkin. Uning aytishicha, bu taxminan 7 trillion dollarlik zarar bo‘ladi, bu esa Germaniya va Yaponiya YAIMini qo‘shib hisoblangandagi summaga teng.

P.S. Avvalroq, Jahon iqtisodiy forumi (JIF) Shveysariyaning Davos shahrida ish boshlagani haqida ma’lum qilgan edik. 16-yanvarda 20-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro iqtisodiy anjuman "Dunyoning tarqoqlik sharoitida hamkorlik" shiori ostida bo’lib o’tmoqda.