Shakarni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurakka salbiy taʼsir ko’rsatadi

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 56 gramm shakar isteʼmol qilgan insonda yurak-qon tomir xastaliklaridan o‘lim holati ushbu mahsulot meʼyoriga amal qilmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam kuzatiladi. Shuningdek, shakarning meʼyordan ortig‘i semirish va qandli diabetni keltirib chiqaradi.

Ushbu mahsulotni ko‘p isteʼmol qilish bu shirinlikning qondagi miqdorini oshirish oqibatida tanadagi ortiqcha shakar yog‘ga aylanadi. Yog‘lar esa teri osti, oshqozon-ichak atrofi va qon tomir devorlariga yopishib, qonning oqishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada yuqori qon bosimi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir xastaliklar shakllanadi.

Shuningdek, qayd etilishicha shakar:

    yolg‘on ochlikni paydo qiladi;
    o‘rganib qolish hissini chaqiradi;
    organizmni V turdagi vitaminlardan mahrum qiladi;
    yurakka nojo‘ya taʼsir ko’rsatadi;
    tanadan kalsiyni yuvib chiqaradi;
    immun tizimini 15-20 barobar zaiflashtiradi;
    insulinga sezgirlikni pasaytiradi.

P.S. Mutaxassislarning qayd etishicha, 25-30 gramm shakar kunlik miqdor uchun yetarli hisoblanadi.